YOSH FUTBOLCHILARNI TAYYORLASHDA FUNKSIONAL ASSIMMETRIYANI HISOBGA OLGAN TEXNIK MASHG‘ULOTLAR TIZIMI
Keywords:
Kalit so‘zlar (Keywords): yosh futbolchilar, funksional assimmetriya, texnik mashg‘ulotlar, mushak kuchi, koordinatsiya, individual yondashuv, jarohat xavfi, sport tayyorgarligi, o‘yin samaradorligi, dominant oyoq, nondominant oyoq, balans mashqlari, motor ko‘nikmalar, dribling, mashg‘ulot dasturi, tezlik va aniqlik, amaliy tavsiyalar.Abstract
Annotatsiya (Abstract): Ushbu tadqiqot yosh futbolchilarda funksional assimmetriya va unga mos texnik mashg‘ulotlar tizimini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot maqsadi dominant va nondominant oyoqlar o‘rtasidagi farqni aniqlash va individual yondashuvga asoslangan mashg‘ulotlar orqali assimmetriyani kamaytirishdir. Eksperimental guruhga 12 haftalik mashg‘ulotlar tizimi joriy qilindi, unda mushak kuchini rivojlantirish, koordinatsiya va muvozanatni oshirish hamda texnik harakatlarni takomillashtirish asosiy komponentlar sifatida ishlatildi. Pre- va post-test natijalari shuni ko‘rsatdiki, nondominant oyoq faoliyati, mushak kuchi, koordinatsiya va texnik aniqlik sezilarli darajada yaxshilandi.
Downloads
Published
2025-11-20