LALMI YER MAYDONLARI NORMATIV QIYMATINI ANIQLASHNING NAZARIY VA HUQUQIY ASOSLARI

Authors

  • Niyazov Sherali Narzullayevich Author

Keywords:

Kalit so‘z: yerning normativ qiymati, yer baholash, lalmi yerlar, yer rentasi, barqaror hosildorlik, qiyosiy samaradorlik, agroiqlim sharoitlari, bonitet balli, yer resurslari, iqtisodiy baholash, qishloq xo‘jaligi yerlari, rentabellik, ekologik barqarorlik.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekiston sharoitida lalmi yer maydonlarining normativ qiymatini aniqlash masalasining nazariy hamda huquqiy asoslari har tomonlama tahlil etiladi. Lalmi yerlarning tabiiy-iqlim xususiyatlari, agrotexnik imkoniyatlari va iqtisodiy baholash mezonlari asosida yerning normativ qiymatini shakllantirish jarayoni yoritiladi. Shuningdek, normativ baholashni tartibga soluvchi amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar mazmuni va ularning agrar siyosatdagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, lalmi yerlar bahosini takomillashtirish yer resurslaridan oqilona foydalanish, soliq siyosatini adolatli yuritish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining barqarorligini ta’minlashda muhim omil ekanligi asoslab beriladi.

Published

2025-11-21