EMOTSIONAL INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISH DASTURLARINING O‘QUV GURUHLARIDAGI IJTIMOIY IQLIMGA TA’SIRI

Authors

  • Kubbieva Nilufar Tadjidinovna Author
  • Halimjonov Abduqunduz Rahimjon oʻgʻli Author

Keywords:

KALIT SO‘ZLAR: Emotsional intellekt, ijtimoiy iqlim, empatiya, guruh dinamikasi, muloqot, psixologik barqarorlik, konfliktni boshqarish, ta’lim muhiti.

Abstract

    ANOTATSIYA: Ushbu maqolada emotsional intellektni rivojlantirish dasturlarining o‘quv guruhlari ichida shakllanadigan ijtimoiy iqlimga ta’siri keng ilmiy tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning o‘zaro munosabatlari, emosional barqarorligi va muloqot madaniyati o‘quv guruhining umumiy psixologik holatini belgilovchi asosiy omillardandir. Emotsional intellektni rivojlantirish dasturlari o‘quvchilarda o‘z hissiyotlarini anglash, boshqarish, boshqalarning kechinmalarini tushunish, empatiya bilan yondashish, nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqotda bunday dasturlarni qo‘llashdan oldin va keyin guruh ijtimoiy muhitidagi o‘zgarishlar solishtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, emotsional intellekt ko‘nikmalarini rivojlantirish o‘quvchilarning o‘zaro hurmatini oshirdi, guruhda ochiq muloqot kuchaydi, salbiy psixologik zo‘riqish kamaydi, ijobiy iqlim shakllandi. Maqolada emotsional intellektning ta’lim psixologiyasidagi nazariy asoslari, amaliy dasturlarning samaradorligi va ularning guruh dinamikasiga kiritgan o‘zgarishlari ilmiy dalillar bilan yoritilgan. Tadqiqot natijasida emotsional intellekt dasturlari o‘quv guruhlarida sog‘lom psixologik iqlim yaratishning samarali vositasi ekani isbotlandi.

Published

2025-11-23