BUXORO XONLIGIDA XALQARO DIPLOMATIYA
Keywords:
Kalit so‘zlar: diplomatiya, elchilik, A. Jenkinson, Usmoniylar, Gujarot, manfaatlar, siyosiy aloqalar.Abstract
Annotatsiya: Quyidagi maqolada Buxoro xonligining Rossiya, Eron va Usmoniylar imperiyasi bilan olib borgan diplomatik elchilik aloqalari tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda xonlikning XVI–XVIII asrlardagi tashqi siyosiy faoliyati, elchilar yuborish va qabul qilish amaliyoti, savdo-iqtisodiy manfaatlarni himoya qilish yo‘lidagi diplomatik missiyalar hamda har bir davlat bilan munosabatlarning o‘ziga xos jihatlari yoritilgan. Shuningdek, Buxoro xonligining geosiyosiy mavqeini mustahkamlash, xalqaro maydondagi obro‘sini oshirish va mintaqadagi siyosiy muvozanatni saqlash borasidagi sa’y-harakatlari ilmiy asosda tahlil etilgan. Maqola Buxoro xonligining uch yirik davlat bilan olib borgan diplomatik munosabatlarining mazmuni va tarixiy ahamiyatini ochib beradi.