MUSIQA MADANIYATI FANI DARSLARIDA DUTOR CHOLG‘USIDA IJROCHILIK KO‘NIKMALARINI O‘ZLASHTIRISH (KOMPAZITOR HABIBULLA RAXIMOV IJODI MISOLIDA)
Keywords:
Kalit so‘zlar: musiqa madaniyati, dutor ijrochiligi ko‘nikmalari, an’anaviy cholg‘u, Habibulla Raximov, bastakor, musiqa ta’limi, milliy qadriyatlar, musiqa merosi, badiiy ifoda, o‘zbek musiqasi, pedagogik usullar, cholg‘u texnikasi.Abstract
Annotatsiya: O‘zbekiston musiqa madaniyati boy va betakror anʼanalarga ega. Shu bois, xalqimiz asrlar davomida o‘zining o‘ziga xos milliy musiqa asboblarini asrab-avaylab kelmoqda. Ana shu asboblardan biri, milliy musiqa va san’at rivojida beqiyos ahamiyat kasb etgan dutordir. Dutor cholg‘usi nafaqat o‘ziga xos ichki tuzilishga ega, balki uning ovozi, ohanglar boyligi ham yuksak musiqiy madaniyat namunasi hisoblanadi. Ta’lim jarayonida, xususan, musiqa madaniyati fanida dutor ijrochiligini o‘rgatish — o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, san’atga mehr, ijodiy yondashuv va estetik didni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, har bir musiqa asbobi o‘ziga xos sozlash, uslub va ijro texnikasiga ega. Dutor ijrochiligi bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish uchun alohida metodik yondashuvlar, chuqur bilim va amaliy mashg‘ulotlar zarur. Ushbu tezisda Musiqa madaniyati fani darslarida dutor cholg‘usida ijrochilik ko‘nikmalarini o‘zlashtirish (kompazitor Habibulla Raximov ijodi misolida) haqida ma'lumotlar berilgan.