YASHIL IQTISODIYOT VA BARQAROR RIVOJLANISHDA INNOVATSIYALARNI JORIY ETILISHI VA UNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Abstract
So‘nggi yillarda global iqtisodiy jarayonlarda ekologik barqarorlik, resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitga minimal salbiy ta’sir ko‘rsatish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Iqlim o‘zgarishi, tabiiy resurslarning qisqarishi, energiya tanqisligi va bioxilma-xillikning kamayishi dunyo davlatlarini yangi iqtisodiy model – yashil iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirishga majbur qilmoqda. Yashil iqtisodiyotning markazida innovatsiyalar, ilmiy-texnik taraqqiyot, raqamli texnologiyalar, resurs tejamkor ishlab chiqarish usullari va qayta tiklanuvchi energiya manbalari turadi. Innovatsiyalarni yashil iqtisodiyotga tatbiq etish nafaqat ekologik muammolarni kamaytiradi, balki iqtisodiy o‘sishni yangi sifat bosqichiga ko‘taradi, raqobatbardoshlikni oshiradi va yangi ish o‘rinlari yaratadi.