O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA FINTECH SOHASINI TARTIBGA SOLISH: HUQUQIY MEXANIZMLAR, MOLIYAVIY BARQARORLIK VA RAQAMLI INNOVATSIYALAR TAHLILI

Authors

  • Meliboyev Azizjon Ikromjon o’g’li Author

Keywords:

FinTech, raqamli moliya, to’lov tizimlari, elektron pullar, kripto-aktivlar, regulyatsiya, risk-based approach, raqamli banklar, islomiy moliya, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar suvereniteti, litsenziyalash, ustav kapitali, anti-fraud, davlat siyosati.

Abstract

Mazkur ishda O’zbekiston FinTech sohasida shakllanayotgan tartibga solish mexanizmlari, ularning amaldagi moliyaviy tizimga ta’siri va raqamli xizmatlar rivojiga qo’shayotgan hissasi tahlil qilingan. Raqamli to’lovlar, elektron pullar, raqamli banklar, masofaviy identifikatsiya, shuningdek, kripto-aktivlar aylanmasi bo’yicha joriy etilgan qonunlar FinTech ekotizimini barqarorlashtirishda muhim omil sifatida ko’rib chiqiladi. Ishda “risk-based approach” tamoyillarining qo’llanishi, ustav kapitali talablari, litsenziyalash tartibining qat’iylashuvi, kiberxavfsizlik bo’yicha texnik me’yorlar hamda ma’lumotlar suvereniteti talablari amaliy jihatdan yoritilgan. Tahlillar O’zbekistonda FinTech regulyatsiyasi tezkor, lekin ehtiyotkor yo’nalishda rivojlanayotganini ko’rsatadi.

Published

2025-11-25