TIL ORQALI SHAXS XARAKTERINI ANIQLASH: PSIXOLINGUISTIK YONDASHUV
Keywords:
Kalit so‘zlar: psixolinguistika, shaxs xarakteri, nutq tahlili, verbal indikatorlar, temperament, kognitiv jarayonlar, pragmatika, lingvopsixologiya, nutq xulqi, til va psixologiyaAbstract
Ushbu maqolada til va shaxs psixologiyasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik psixolinguistik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Nutqning leksik, grammatik va pragmatik xususiyatlari insonning xarakteri, temperament turi, emotsional holati va ijtimoiy munosabatlarini aniqlashda muhim manba sifatida ko‘rib chiqiladi. Psixolinguistik yondashuv asosida insonning nutq orqali o‘zini ifodalash mexanizmlari, til birliklarining shaxsga xos kognitiv jarayonlar bilan bog‘liqligi, shuningdek, individning nutqidagi ustuvor tuzilmalar orqali uning ichki psixologik holatini baholash imkoniyatlari yoritiladi. Maqola shaxs xarakterini tildagi verbal indikatorlar asosida tahlil qilishning ilmiy asoslari va amaliy ahamiyatini ko‘rsatib beradi.
Downloads
Published
2025-12-06