“TO’TINOMA” QO‘LYOZMALARINING ILMIY TAVSIF
Abstract
Mavzuning dolzarbligi: “To’tinoma” sharq adabiyotida janrlararo sintezning yorqin namunasi bo‘lib, uning turli milliy adabiyotlarda, xususan, turkiy muhitda tarqalishi murakkab matniy jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Ziyoiddin Naxshabiyning forsiy varianti asosiy manba bo‘lishiga qaramay, XV asrga oid Latifiy (Mulla Latifiy) tomonidan amalga oshirilgan turkiy tahrir alohida ilmiy ahamiyat kasb etadi. Latifiy versiyasi nafaqat tarjima, balki syujetga mahalliy kolorit (voqelikni taʼsirli tasvirlash) va adabiy didni olib kirgan mustaqil qayta ishlanma hisoblanadi. Bu qo‘lyozmalarni ilmiy tavsiflash, ularning Naxshabiy nusxasidan farqlarini aniqlash va asarning o‘zbek adabiy jarayoniga chuqur singib ketish darajasini Latifiy talqini misolida o‘rganish matnshunoslik va adabiyotshunoslik uchun dolzarbdir.