RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA TIJORAT BANKLARINING YANGI IMKONIYATLARI

Authors

  • Maksudov Avazbek Ulugbek o’g’li Author

Abstract

Mazkur tezis raqamli transformatsiya sharoitida tijorat banklari faoliyatida shakllanayotgan yangi imkoniyatlarni va ularning iqtisodiy samaradorligini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda onlayn bank xizmatlari, sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (Big Data), bulutli texnologiyalar hamda raqamli platformalar asosida banklarning an’anaviy faoliyat doirasidan tashqariga chiqish imkoniyatlari yoritiladi. Tahliliy hisob-kitoblarga ko‘ra, onlayn bank xizmatlaridan foydalanish bitta tranzaksiya uchun banklarning operatsion xarajatlarini 40–60 foizgacha qisqartirish, xizmat ko‘rsatish tezligini esa 3–5 baravarga oshirish imkonini bermoqda. Natijada banklarda xarajat-daromad nisbati (CIR) 10–15 foiz punktga yaxshilanadi.

Published

2025-12-19