MAKTABGACHA TA'LIMDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADIRYATLAR INTEGRATSIYASINING NAZARIY-METODIK ASOSLARI
Keywords:
Kalit soʻzlar: milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar, maktabgacha ta’lim, integratsiya, tarbiya, pedagogik metodika, ijtimoiy-madaniy rivojlanish, bolalar tarbiyasi, innovatsion yondashuv, zamonaviy o‘qitish.Abstract
Annotatsiya: XXI asrda globallashuv va zamonaviy taraqqiyot jarayonlari insoniyat oldida muhim vazifalarni qo‘ymoqda. Bu, eng avvalo, har bir jamiyatda yangi avlodni shakllantirish, ularni insonparvarlik va gumanizm ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash kabi dolzarb vazifalar bilan chambarchas bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, maktabgacha ta’lim tashkilotlari jamiyatimiz hayotida juda muhim o‘rin tutadi. Zero, insonning yoshlik davrida, ya’ni maktabgacha yoshda olgan axloqiy, estetik va dunyoqarash asoslari butun hayoti davomida uning shaxs sifatida shakllanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning tarbiyasida yangi ilmiy yondashuv va metodlarga ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Tabiiyki, zamonaviy maktabgacha ta’lim taraqqiyoti jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish dolzarb ilmiy va amaliy masalaga aylangan.