ASEPTIKA VA ANTISEPTIKA TUSHUNCHASI. YATROGENIYA HAQIDA
Abstract
Stomatologiyada aseptika va antiseptika tushunchalari tish kasalliklarining oldini olish va jarrohlik hamda terapevtik muolajalar davomida infeksiya xavfini kamaytirishda eng muhim tamoyillardan biridir. Zamonaviy stomatologiyada bemor salomatligini saqlash, asoratlar rivojlanishining oldini olish, og‘iz bo‘shlig‘iga tushishi mumkin bo‘lgan patogen mikroorganizmlarni cheklash va mavjud infeksiyalarni bartaraf etish uchun aseptik va antiseptik qoidalarga qat’iy rioya qilish zarur hisoblanadi. Aseptika avvalo, mikroblarning operatsion jarayon yoki davolash jarayoni vaqtida to‘qimalarga tushishining oldini olishga qaratilgan tadbirlar majmui bo‘lib, stomatologik kabinetni, asbob-uskunalarni, qo‘lqop, niqob va xalat kabi himoya vositalarini toza va steril holatda bo‘lishini talab qiladi. Stomatologiyada aseptika sterilizatsiya, dezinfeksiya, toza havo almashinuvi, asboblarni avtoklavda qayta ishlash, bir martalik asbob-uskunalardan foydalanish, shifokor va yordamchi xodimlarning qo‘llarni to‘g‘ri yuvishi hamda himoya kiyimlarini almashtirib turishini o‘z ichiga oladi. Aseptik talablarning to‘g‘ri bajarilishi bemorga infektsion agentlar tushishining oldini olib, jarrohlik va terapevtik amaliyotning xavfsizligini oshiradi.