ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH

Authors

  • Shamsiyeva Ruxsorabonu Ulug‘bek qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, zamonaviy tilshunoslik, korpus lingvistikasi, avtomatik tarjima, raqamli filologiya, o‘zbek tili.

Abstract

  Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy intellekt asosida yaratilgan lingvistik vositalarning (avtomatik tarjima, matnni tahlil qilish, nutqni aniqlash va sintez qilish, korpus lingvistikasi platformalari) tilshunoslik fanlarini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘zbek tilini o‘rganish, saqlash va rivojlantirishdagi imkoniyatlari hamda mavjud muammolari aniqlanadi. Maqolada raqamli muhitda til me’yorlarini saqlash, lingvistik ma’lumotlar bazalarini boyitish va filologik tadqiqotlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellekt va tilshunoslik integratsiyasi filologiya fanlarining zamonaviy taraqqiyotida muhim omil ekanini ko‘rsatadi.

Published

2025-12-23