YOSHLARNING KASB TANLASH QARORIGA TA’SIR ETUVCHI ASOSIY PSIXOLOGIK OMILLAR: OILAVIY QADRIYATLAR VA IJTIMOIY NORMALAR
Keywords:
Kalit soʻzlar: kasb tanlash, yoshlar, psixologik omillar, oilaviy qadriyatlar, ijtimoiy normalar, ota-ona ta’siri, tarbiya, jamiyat qadriyatlari, mehnatga munosabat, kasb tanlovi.Abstract
Annotatsiya: O‘zbekiston jamiyatida yoshlarning kelajagini belgilovchi muhim bosqichlardan biri – kasb tanlash masalasidir. Kasb tanlash jarayoni nafaqat shaxsiy imkoniyat va qiziqishlarni, balki oilaviy qadriyatlar, ijtimoiy normalar va an’anaviy psixologik omillarni ham o‘z ichiga oladi. Yoshlarning kasb tanlash qarorida bir qator omillar mavjud bo‘lib, ular individual shaxsiy fazilatlar, oilaviy muhit hamda jamiyatda shakllangan qadriyatlar bilan bevosita bog‘langan. Bu jarayon ko‘p hollarda ijtimoiy guruhda umumiy qabul qilingan normalar va qadriyatlarning ta’siri ostida kechadi. Bugungi kunda jamiyatda yetuk kasb egalari bo‘lish nafaqat mustaqil hayotga qadam qo‘yish, balki ijtimoiy o‘zini anglash va yetuk inson sifatida shakllanish uchun ham muhim omil hisoblanadi. Ushbu tezisda Yoshlarning kasb tanlash qaroriga ta’sir etuvchi asosiy psixologik omillar: Oilaviy qadriyatlar va ijtimoiy normalar haqida ma'lumotlar berilgan.