MOLIYAVIY HISOBOTLAR AUDITIDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Keywords:
Kalit soʻzlar: moliyaviy hisobotlar, audit, zamonaviy yondashuvlar, sifat, ishonchlilik, xalqaro standartlar, ichki nazorat, xavflarni baholash, axborot xavfsizligi, tahliliy yondashuv.Abstract
Annotatsiya: Har yili iqtisodiyotda bo‘layotgan o‘zgarishlar, shuningdek, globalizatsiya jarayonlari nafaqat ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga, balki moliyaviy nazorat va hisob-kitob tizimlariga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda moliyaviy hisobotlarning auditini tashkil etishda va olib borishda zamonaviy yondashuvlarga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Bu ehtiyojlarni qondirish uchun sohadagi ilg‘or tajribalar, zamonaviy usullar va xalqaro standartlarga amal qilish — auditorlik faoliyatining ajralmas bo‘lagiga aylanmoqda. Zamonaviy audit yondashuvlari muassasa va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini chuqur, ishonchli va to‘liq baholash imkonini beradi, ularning faoliyatiga ilg‘or nazorat vositalarini tadbiq etish orqali moliyaviy barqarorlik va shaffoflikni ta’minlaydi. Ushbu tezisda moliyaviy hisobotlar auditida zamonaviy yondashuvlar haqida ma'lumotlar berilgan.