INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARIDA LINGVOMADANIY KOMPETENTSIYALARNI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
Kalit soʻzlar: lingvomadaniy kompetentsiya, ingliz tili o‘qituvchisi, madaniyatlararo kommunikatsiya, innovatsion metodlar, pedagogik texnologiyalar, interfaol o‘qitish, madaniy qadriyatlar, chet tili o‘qitish, kommunikativ kompetentsiya, professional rivojlanish.Abstract
Annotatsiya: Bugungi globallashuv jarayonida xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz tilini bilish va o‘rgatish, ilgari hech qachon hozirgi bosqichdagidek katta ahamiyat kasb etmagan. Aynan shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, ingliz tili o‘qituvchilari faqat lingvistik bilimlar bilangina cheklanib qolmasdan, balki kengroq lingvomadaniy bilim va salohiyatga ega bo‘lishlari zarur. Zero, zamonaviy til o‘qitish jarayonining asosiy vazifalaridan biri – o‘quvchilarda ingliz tilida samarali muloqot qilish qobiliyatini shakllantirishdir. Bu esa, bevosita, lingvomadaniy kompetentsiyani rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. Lingvomadaniy kompetentsiya deganda, chet tilidagi ilmiy, madaniy va ijtimoiy mavzularda erkin fikr almasha olish, turli madaniyatga xos urf-odat va qadriyatlarni anglash, ularni to‘g‘ri talqin eta bilish, hamda kulturologik tafakkurni rivojlantirish tushuniladi.