UGLEVODOROD XOMASHYOSINI ISSIQLIK BILAN TA’MINLASH JARAYONIDA ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA TEXNOLOGIK YECHIMLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: Uglevodorod xomashyosi, issiqlik bilan ta’minlash, quvurli issiqlik almashinish qurilmasi, energiya samaradorligi, issiqlik uzatilish koeffitsienti, quvur konstruktsiyasi, energiya tejamkor texnologiyalar, matematik modellashtirish, issiqlik yo‘qotishlari.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada uglevodorod xomashyosini issiqlik bilan ta’minlash jarayonida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan texnologik yechimlar tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida quvurli issiqlik almashinish qurilmalarining konstruktiv va texnologik xususiyatlari tahlil qilinib, issiqlik uzatilish samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan. Eksperimental va matematik modellashtirish usullari yordamida uglevodorod xomashyosini qizdirish jarayonida issiqlik uzatilish koeffitsienti, oqim tezligi, quvur konfiguratsiyasi va ichki yuzaning strukturaviy xususiyatlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari quvurli issiqlik almashinish qurilmasining konstruktsiyasini optimallashtirish orqali energiya sarfini kamaytirish va issiqlik almashinish samaradorligini oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. Shuningdek, ishlab chiqilgan texnologik yechimlar uglevodorod xomashyosini qayta ishlash jarayonlarida energiya tejamkorlikni ta’minlash va ekologik ko‘rsatkichlarni yaxshilash imkonini berishi asoslab berildi.Downloads
Published
2025-12-25