ELEKTRON BOJXONA DEKLARATSIYASI TIZIMINING TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT SUBYEKTLARI UCHUN QULAYLIKLARI VA ULARDAN FOYDALANISH MUAMMOLARI

Authors

  • G’oziyev Murodjon Shokirjonivich Author
  • Muhammadjonov Ilhomjon Shodiboy oʻgʻli Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: elektron bojxona deklaratsiyasi, tashqi iqtisodiy faoliyat, raqamlashtirish, bojxona rasmiylashtiruvi, axborot tizimlari, shaffoflik.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur ilmiy ishda elektron bojxona deklaratsiyasi tizimining tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun yaratayotgan qulayliklari hamda undan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida elektron deklaratsiyalash tizimining bojxona rasmiylashtiruvini tezlashtirish, hujjatlar aylanishini soddalashtirish, inson omilini kamaytirish va shaffoflikni ta’minlashdagi o‘rni yoritib beriladi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining bojxona tizimiga joriy etilishi natijasida tashqi savdo operatsiyalarining samaradorligi oshgani ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shu bilan birga, elektron bojxona deklaratsiyasi tizimidan foydalanishda uchrayotgan texnik nosozliklar, malakali kadrlar yetishmasligi, foydalanuvchilar bilim va ko‘nikmalarining pastligi hamda normativ-huquqiy bazadagi ayrim kamchiliklar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari asosida elektron bojxona tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha amaliy taklif va xulosalar ishlab chiqiladi.

Published

2025-12-25