O‘ZBEKISTONDA BOZOR IQTISODIYOTINING XUSUSIYATLARI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI

Authors

  • Goziyev Murodjon Shokirjonovich Author

Keywords:

Kalit so'zlar: bozor iqtisodiyoti, islohotlar, xususiylashtirish, raqobat, tadbirkorlik, investitsiya, mulkchilik, modernizatsiya, innovatsiya, barqarorlik.

Abstract

Annotatsiya: O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatda iqtisodiyotni tubdan isloh qilish, bozor munosabatlarini joriy etish, huquqiy va institutsional asoslarni yaratishga katta e’tibor qaratildi. Yangi davrning talablari milliy iqtisodiyotda tub o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. Avvalo, davlat mulkchiligidan voz kechib, xususiy mulkchilik, tadbirkorlik va raqobat muhitini yaratish bosh maqsad qilib belgilandi. Bozor iqtisodiyoti mohiyati o‘zining erkinlikka, ochiqlikka asoslangani, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng sharoitda ishlab, natijalarga erishishga keng imkoniyat berishi bilan belgilanadi. Bu tizimda resurslar taqsimoti, ishlab chiqarish omillari, tovar va xizmatlar narxi hamda miqdori tashqi ta’sirlardan mustaqil, ya’ni bozor talab va taklifi asosida aniqlanadi.

Published

2025-12-28