QIZIL EXINATSEYADAN AJRATILGAN FUSARIUM OXYSPORUM VA VERTICILLIUM DAHLIAE IZOLYATLARINING RIVOJLANISHIGA TURLI FUNGITSIDLARNING TA’SIRI

Authors

  • Qodirova Dildora Dilshodovna Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: F. oxysporum, V. dahliae, fungitsid, in vitro, mitseliy o‘sishi, konidiya hosil qilishi, tebukonazol, fludioxonil, mefenoxam, urug‘dorilagich, biologik samaradorlik.

Abstract

Annotatsiya. Zamonaviy fitopatologiyada patogen zamburug‘larning fungitsidlarga sezgirligini aniqlash maqsadida in vitro tajribalar keng qo‘llaniladi. Ushbu tadqiqotda qizil echinatsiyadan ajratilgan F. oxysporum va V. dahliae zamburug’lariga mansub izolyatlarning rivojlanishiga turli urug‘dorilagich fungitsidlarning ta’siri o‘rganildi. Tajriba natijalariga ko‘ra, nazorat variantida F. oxysporum koloniyalari o‘rtacha 65 mm, V. dahliae esa 60 mm diametrga yetdi. Fungitsidlarning ta’siri konsentratsiyaga bog‘liq bo‘lib, ularning samaradorligi dozalash ortishi bilan oshdi. Shansil Ultra 0,2 % konsentratsiyada eng yuqori natija ko‘rsatib, F. oxysporum o‘sishini 71,8 %, V. dahliae ni esa 72,4 % gacha ingibrladi. Fludioksonil asosidagi Maksim 2,5% va fludioksonil + mefenoxam kombinatsiyasiga ega Maxim XL 035 FS preparatlari ham yuqori samaradorlik ko‘rsatib, 0,1 % konsentratsiyada 52,5-56,2 % gacha o‘sishni chekladi. Essenzalil 27% va Sellist Iks 312 fungitsidlarining samaradorligi nisbatan past bo‘lsa-da, ular urug‘larni dastlabki himoya qilishda muhim vosita sifatida ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Umuman olganda, Shansil Ultra eng yuqori samaradorlik ko‘rsatgan bo‘lsa, Maxim XL 035 FS va Maksim 2,5% preparatlari profilaktik qo‘llash uchun maqsadga muvofiq vositalar sifatida baholandi. Olingan natijalar patogen zamburug‘larga qarshi integratsiyalashgan kurash tizimida kimyoviy vositalardan samarali foydalanish imkoniyatlarini belgilashda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.

Published

2026-01-05