KRON KASALLIGIDA SITOKINLAR DISBALANSI VA HUJAYRAVIY IMMUN JAVOBNING OPERATSIYADAN KEYINGI QAYTALANISHDAGI ROLI
Abstract
Kirish. Kron kasalligi ichak devorida surunkali yallig‘lanish jarayoni rivojlanishi bilan kechuvchi murakkab immunopatologik holat bo‘lib, uning klinik kechishi ko‘p jihatdan immun tizimining holatiga bog‘liq. Jarrohlik davolash asoratlarni bartaraf etishda muhim o‘rin tutsa-da, operatsiyadan keyingi davrda kasallikning qaytalanish ehtimoli yuqori bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy ilmiy qarashlarga ko‘ra, Kron kasalligining qaytalanishida asosiy patogenetik mexanizmlardan biri sitokinlar tizimidagi muvozanatning buzilishi va T-limfotsitlar subpopulyatsiyalarining noto‘g‘ri faollashuvidir. Shu sababli sitokinlar profili va hujayraviy immun javobning dinamik o‘zgarishlarini o‘rganish operatsiyadan keyingi rецidiv mexanizmlarini chuqur tushunish uchun muhim ahamiyatga ega.