ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA KREATIV TA’LIM MUHITI: O‘QITUVCHINING O‘Z-O‘ZIGA ISHONCHINI OSHIRISH YO‘LLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Kreativlik bo‘yicha o‘z-o‘ziga ishonch, o‘z-o‘ziga ishonch, kreativ pedagogika, ijtimoiy-kognitiv nazariya, ona tili, o‘qish savodxonligi, kreativ ta’lim muhiti, o‘z-o‘zini baholash o‘qituvchining kreativ moslashuvchanligi, innovatsion kompetensiya.Abstract
Zamonaviy ta’limda kreativ fikrlashni rivojlantirish o‘quvchi shaxsini shakllantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qaraladi. Biroq kreativlikni dars jarayonida real va tizimli qo‘llab-quvvatlash ko‘p jihatdan o‘qituvchining kreativ metodlarni qo‘llashga bo‘lgan tayyorgarligi, motivatsiyasi hamda o‘z kuchiga ishonchiga bog‘liq. Ushbu maqolada ona tili va o‘qish savodxonligi fanlari doirasida o‘qituvchilarning kreativlik bo‘yicha o‘z-o‘ziga ishonchini Kreativlik bo‘yicha o‘z-o‘ziga ishonchni mustahkamlash masalasi ijtimoiy-kognitiv nazariya nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Bandura ko‘rsatgan o'ziga ishonch manbalari asosida amaliy strategiyalar taklif etilib, maktab doirasida uchraydigan tashkiliy va psixologik cheklovlar yoritiladi. Shuningdek,mamlakatimiz ta’lim tizimida kreativ va innovatsion yondashuvlarni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar hamda mahalliy pedagog olimlarning innovatsion-kreativ kompetensiyani shakllantirish haqidagi qarashlari bilan ushbu yo‘nalishning uzviy bog‘liqligi asoslab beriladi.