OILADA BOLALARNING MEHNAT TARBIYASI
Abstract
Ma’lumki, hech bir bola onadan jinoyatchi yoki buzg’unchi bo’lib tug’ilmaydi. Bolalarning kelgusida qanday tarbiya topishi, qanday xislatlarga ega bo’lishi, kim bo’lib etishishi bevosita uni o’rab turgan muhitga bog’liqdir. Bunda oila muhiti, oila tarbiyasi bolalarning shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham xalqimizda: “Bola – oila ko’zgusi”, “Qush inida ko’rganini qiladi”, “Onasini ko’rib qizini ol” kabi maqollar bejiz aytilmagan. Bulardan ko’rinadiki, oilada bolalarni yoshligidan boshlaboq mehnat qilishga, mehnatni qadrlashga, kattalarni hurmat qilishga o’rgatib borish zarur. Zero “Niholni yoshidan, bolani boshidan tarbiyalash kerak” degan xalq maqoliga amal qilish yaxshi natijalarni beradi. Bolalarniig oila sharoitida kattalar bilan birgalikda polizda, bog’da, gulzorda ishlashi juda yoshlikdan boshlab ularda mehnat ko’nikmalarining shakllanishiga yordam beradi. Аgar oilada bu ish oqilona tashkil etilsa, bola o’z mehnatining samarasini ko’radi va undan quvonadi, shavq-zavqqa to’ladi. Аxir ko’zga zo’rg’a tashlanadigan mayda urug’lardan rang-barang gullar, shirin-shakar qovun, tarvuzlarning, bir-biridan mazali mevalarning etishishi yosh bolalarni hayratga soladi va ularda yoshlikdan boshlab dehqonchilik kasbiga havas uyg’otadi. Аfsuski, bolaniig ekin ekishga bo’lgan havasini barcha ota-onalar ham qo’llab-quvvatlamaydilar. Ko’pincha o’z farzandini tuproq ichida ko’rgan ona “Chiq u yerdan, kiyimlaringni iflos qilasan”, “Tesha o’ynama, oyog’iigni chopib olasan”, “Urug’ ekishni senga kim qo’yibdi, bu kattalarning ishi” deb tanbeh beradi. Bu esa boladagi mehnatga, o’z qo’li bilan ko’kalamzor yaratishga bo’lgan havasni so’ndiradi.