ISLOM MOLIYALASHTIRISH XIZMATLARI ASOSIDA KICHIK VA OʻRTA BIZNESNI MOLIYALASHTIRISH USULLARI
Keywords:
Kalit soʻzlar: Islom moliyalashtirish, kichik biznes, oʻrta biznes, mudorobah, musharaka, murabaha, ijara, Islom banklari, moliyaviy instrumentlar, risklarni boshqarish, kapital jalb qilish, barqaror rivojlanish, shariat prinsiplari, likvidlik.Abstract
Annotatsiya: Ushbu tezisda islom moliyalashtirish xizmatlari asosida kichik va oʻrta biznesni moliyalashtirishning nazariy hamda amaliy jihatlari tadqiq etiladi. Tadqiqotda islom moliyasining asosiy tamoyillari, xususan, ribo taqiqlanishi, risklarni adolatli taqsimlash, real aktivlar bilan taʼminlangan bitimlar, shaffoflik va ijtimoiy masʼuliyat masalalari yoritiladi. Kichik va oʻrta biznes subyektlari uchun mos boʻlgan murabaha, mushoraka, mudaraba, ijara va salam kabi moliyalashtirish instrumentlarining mazmuni, afzalliklari hamda qoʻllash mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, islomiy moliyalashtirishning anʼanaviy bank kreditlariga nisbatan ustun jihatlari, xatarlarni kamaytirish imkoniyatlari va barqaror o‘sishga qo‘shadigan hissasi asoslab beriladi. Tezisda rivojlanayotgan iqtisodiyotlar tajribasi, jumladan, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashda islomiy moliya institutlarining roli misollar orqali ochib beriladi. O‘zbekiston sharoitida islom moliyalashtirish xizmatlarini joriy etishning huquqiy, institutsional va tashkiliy omillari, mavjud muammolar hamda istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rsatib o‘tiladi.