ZAMONAVIY SHAROITDA KORXONАLАRINING INNOVАTSION SАLOHIYATINI BOSHQАRISHNING NАZАRIY-USLUBIY JIHАTLАRI
Abstract
«Innovatsion salohiyat» tushunchasi XX asrning 70 yillari oxiridan boshlab fanga faol kirib kela boshladi. U qator olimlarning uslubiy, nazariy tadqiqotlarida aniqlashtirilgan va ishlab chiqilgan. Biroq, shu kungacha ham mazkur tushunchaning dunyoda umumqabul qilingan yagona taʼrifi ishlab chiqilmagan. Har bir olim yoki mutaxassis oʼz davlatining xususiyatlarini inobatga olgan holda innovatsion salohiyatni oʼziga xos yoʼnalishda talqin etadi. Bugungi kunda universal innovatsiya nazariyasining mavjud emasligi uning koʼplab maʼno va kontseptsiyalarining vujudga kelishiga sabab boʼldi. Shunday boʼlsada, koʼpchilik yondashuvlar «yangilik» va «oʼzgarish» gʼoyalariga borib taqaladi.
Downloads
Published
2026-01-22
Issue
Section
Articles