PEDAGOG SHAXSIDA STRESSGA BARDOSHLILIKNI SHAKLLANTIRISH OMILLARI

Authors

  • Hamrayeva Azizaxon Safarali qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: stressga bardoshlilik, pedagog shaxsi, psixologik barqarorlik, emotsional holat, kasbiy stress, moslashuv mexanizmlari, motivatsiya.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur tezisda pedagog shaxsida stressga bardoshlilikni shakllantirishning psixologik omillari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonida pedagoglar duch keladigan stress manbalari, ularning psixologik holatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar yoritiladi. Shuningdek, stressga bardoshlilikni rivojlantirishda shaxsiy resurslar, emotsional barqarorlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va kasbiy motivatsiyaning ahamiyati ochib beriladi. Tadqiqotda pedagog shaxsining stressga moslashuv mexanizmlari, ularning kasbiy samaradorligi hamda psixologik farovonligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Tezis natijalari pedagog shaxsida stressga bardoshlilikni shakllantirish ta’lim tizimi barqarorligi va ta’lim sifati uchun muhim omil ekanini ko‘rsatadi.

Published

2026-01-22