BEMORLARDA IJTIMOIY MOSLASHUVCHANLIK MUAMMOSINING PSIXOLOGIK JIHATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: psixologik, Z. Freyd, Uilyam Jeyms, ijtimoiy moslashuv.Abstract
Annotatsiya. Ushbu ilmiy tezis bemorlarda ijtimoiy moslashuvchanlik muammosining psixologik aspektlarini tarixiy nazariyalar va zamonaviy ilmiy tadqiqotlar nuqtai nazaridan o‘rganadi. Ijtimoiy moslashuvchanlik tushunchasi dastlab shaxs va uning ijtimoiy muhitining o‘zaro ta’siri doirasida shakllangan bo‘lib, bu fikrlar Uilyam Jeyms va Z.Freydning asarlarida o‘z ifodasini topadi. Keyingi davrda A. Adler va E. Erikson ijtimoiy moslashuvni shaxsning ijtimoiy identiteti va o‘zini jamiyatdagi o‘rni bilan bog‘lab tahlil qilgan. XX asr oxiri va XXI asr boshida esa A. Bandura, U. Bronfenbrenner va A. Bek ijtimoiy moslashuvni kognitiv, ijtimoiy va ekologik tizimlar nuqtai nazaridan talqin qilgan. O‘zbekistonlik olimlar, jumladan E. G‘oziyev, V. Karimova, G‘. Ikmatullayev va X. Ibragimova ijtimoiy moslashuvni milliy ijtimoiy-madaniy kontekstda, xususan bemorlar psixologiyasi nuqtai nazaridan o‘rganib, moslashuv jarayonining ijtimoiy-psixologik mexanizmlarini aniqlagan.