FILDS MUKOFOTI HAQIDA BILASIZMI

Authors

  • Turdiyev Rustam Tojiyevich Author

Abstract

Ushbu mukofot Xalqaro matematiklar kongressi  tomonidan har to’rt yilda bir marta matematika sohasidagi o’ziga xos yutuqlari uchun yosh olimlarga beriladi. Odatda  uni matematika sohasidagi  Nobel mukofoti deb ham atashadi. Ma’lumki Nobel mukofoti 1901 yildan boshlab shved muhandis kimyogari, dinamit ixtirochisi,  sanoatchi va millioner Al’fred Bernxard Nobelning (1833-1896) vasiyatiga binoan berila boshlangan. Mukofot fizika, kimyo, tibbiyot, fiziologiya, iqtisodiyot va badiiy asarlar, tinchlikni mustahkamlash bo’yicha ulkan ishlari uchun beriladi. Dastlab bu ro’yxatda matematika ham bo’lgan, biroq keyinchalik Nobelning o’zi bu ro’yxatdan matematikani chiqarib tashlagan. Ilmiy doiralarda bu holat turlicha izohlanadi. Biroq ularning hech biri asosli emas. Bu bo’shliq keyinchalik Dj.Ch.Filds  tomonidan  to’ldirildi

Published

2026-01-24