TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMASI RIVOJLANTIRISHNING STRATEGIYALARI
Abstract
Tanqidiy fikrlash hayotimizning ajralmas qismiga aylangan bir fazilatdir. Bu nafaqat mantiqiy fikrlashni, muammolarni hal qilishni va yangiliklar yaratishni o‘z ichiga oladi, balki insonning qaror qabul qilish, atrofdagi voqealarni anglash va oqilona harakatlar qilishini ham ta’minlaydi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun alohida ilmiy daraja yoki unvonga ega bo‘lish zarur emas. Bu fazilat yosh, tajriba yoki IQ darajasi bilan bog‘liq bo‘lmagan, balki ongimizdagi farazlarimizni tekshirish va tahlil qilish orqali erishiladigan ko‘nikmadir. Shuningdek, tanqidiy fikrlashning asosiy qadamlari, farazlarni ilg‘ash, ularni tahlil qilish, har bir hodisaga turli burchaklardan qarash va oqilona chora ko‘rish, bizning hayotimizda yuz beradigan voqealar va qarorlar uchun muhimdir. Ta’limda tanqidiy fikrlashni o‘rgatishning ahamiyati tobora ortib bormoqda, chunki bu usul orqali o‘quvchilar faqatgina tilni o‘rganibgina qolmay, balki hayotiy vaziyatlarni chuqurroq anglash imkoniyatiga ega bo‘ladi.