ZOHID KAVSARIYNING ISLOM ILMLARI RIVOJIDAGI O‘RNI

Authors

  • Xabibidinov Boburshoh Abduvali o‘g‘li Author

Abstract

Muhammad Zohid Kavsariy 1879-yil 16-sentyabrda Turkiyaning Duzja viloyati Hojihasan qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning kelib chiqishi cherkes oilasiga mansub bo‘lgan. Otasi Hasan Hilmiy afandi 1831-yil Kavkazning Shabzarida tug‘ilgan bo‘lib, mudarris sifatida faoliyat ko‘rsatgan.Zohid Kavsariy o'zining asarlarida mo'tadil islom g'oyasini ilgari surgan va bemazhablarga ko’plab raddiyalar bergan.U 1863-yil Kavkazning Chor imperiyasi tomonidan bosib olinishi natijasida oilasi va talabalari bilan birgalikda Duzja viloyatiga ko‘chib o‘tib, u yerda o‘z nomiga qo‘yilgan Hojihasan qishlog‘iga joylashgan. U yerda naqshbandiya tariqati xalifalaridan shayx Davlatga qo‘l berib, o‘zi ham 1865-yil xalifalik rutbasiga erishgan. 1867-yildan Hojihasan qishlog‘idagi madrasada ish faoliyatini boshlagan. 1870-yil Istanbul shahriga borib, u yerda Ahmad Ziyovuddin Kumushxonaviyning darslarida qatnashib, undan “Daloil al-xayrot” asari bo‘yicha ijoza olgan. Keyingi yil esa Hijozga borib, u yerda naqshiy shayxlaridan Muso Makkiy bilan uchrashib, undan xilofat ijozasini olgan. Duzjaga qaytib kelgach, Hasan Hilmiy afandi madrasada talabalarga dars berish bilan shug‘ullanib, 1926-yil, qariyb yuz yoshda vafot etgan.

Author Biography

  • Xabibidinov Boburshoh Abduvali o‘g‘li

    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktoranti

Published

2025-03-18