TAURINING ORGANIZMDAGI BIOLOGIK AHMIYATI.
Abstract
Dolzarbligi: Taurin – inson organizmida muhim biologik rol o‘ynaydigan aminokislotalardan biri bo‘lib, u yurak-qon tomir tizimi, asab tizimi, metabolizm va antioksidant jarayonlarida faol ishtirok etadi. Zamonaviy hayot tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish, stress va ekologik omillar tufayli organizmda taurin yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin. Bu esa yurak kasalliklari, asab tizimi muammolari, energiya yetishmovchiligi va boshqa salomatlik muammolariga olib kelishi mumkin.Hozirgi vaqtda taurin sportchilar, jismoniy faollik bilan shug‘ullanuvchilar va yuqori intellektual yuklama ostida ishlovchilar uchun juda muhim hisoblanadi. U mushaklarning tiklanishiga, miya faoliyatini yaxshilashga va umumiy energetik holatni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Shuningdek, diabet va semizlik kabi kasalliklarning oldini olishda taurinning roli haqida ilmiy tadqiqotlar o‘sib bormoqda.Taurinning organizm uchun foydali xususiyatlarini o‘rganish va uni tabiiy manbalar yoki biologik qo‘shimchalar orqali to‘g‘ri iste’mol qilish masalasini keng tadqiq qilish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu sababli, ushbu mavzuni ilmiy jihatdan o‘rganish va taurin yetishmovchiligining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish inson salomatligini yaxshilashga katta hissa qo‘shadi.