DINSHUNOSLIK FANINI RIVOJLANISH TENDENSIYALARI HAMDA ISTIQBOLLARI

Authors

  • Sultanov Sirojbek Xabibullayevich Author
  • Mansurov Valililloh Muhsinjon o’g’li Author

Abstract

Dunyodagi barcha dinlar va ular bilan bog‘liq jarayonlarni xolisona o‘rganuvchi fan «Dinshunoslik» deb ataladi. Mazkur fanning sohalari juda ko‘p bo‘lib, ulardan biri «Dunyo dinlari tarixi»dir. Dinlarni o‘rganish uzoq tarixga ega. Antik davrlardayoq insonlar din va uning mohiyati haqida fikr yuritganlar. Rim imperatori Konstantin I davrida (IV asr) xristian dini boshqa dinlar bilan bir mavqega ega bo‘ldi. Keyinchalik Yevropada xristianlik dinining Rim imperiyasi tomonidan davlat dini sifatida e’tirof etilishi hamda cherkovning asta-sekin hokimiyatni qo‘lga olishi natijasida ilm-fan ham xristianlik ta’siriga tushib qoldi. VII-VIII asrlarda o‘sha davrda mavjud dinlar haqida kichik risolalar paydo bo‘lgan. VIII-IX asrlarda esa dinlar tarixi va ta’limotlariga oid ilk kitoblar yaratildi. XIX asrga kelib Yevropa mintaqasida cherkovning ta’siri kamaydi.

Author Biographies

  • Sultanov Sirojbek Xabibullayevich

    Toshkent Davlat Transport Universtiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti,

    Falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

  • Mansurov Valililloh Muhsinjon o’g’li

    Toshkent Davlat Transport Universtiteti Aviatsiya Transporti Muhandisligi fakulteti 1-bosqich talabasi

Published

2025-03-21