ISLOM MOLIYASIDA G’ARRARNI OLDINI OLISH USULLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Islom moliyasi, g’arrar, noaniqlik, shariat, risk taqsimoti, shaffoflik, Murabaha, Ijara, Mudoraba, Islomiy bank, shariat nazorati.Abstract
Annotatsiya: Ushbu tezisda Islom moliyasida g’arrarni (noaniqlikni) oldini olish usullari tahlil qilinadi. Islom moliya tizimida g’arrar taqiqlangan bo‘lib, u iqtisodiy barqarorlik va adolat tamoyillariga zid hisoblanadi. Tadqiqotda g’arrarning oldini olish uchun shaffoflik va aniq shartnomalar, riskni adolatli taqsimlash, halol moliyaviy vositalardan foydalanish, aktivlarga asoslangan moliyaviy operatsiyalar va shariat nazorati kabi asosiy usullar ko‘rib chiqiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu tamoyillarga rioya qilish orqali moliyaviy operatsiyalarning adolatli va barqaror bo‘lishi ta’minlanadi. Islomiy moliya institutlari shariat talablariga mos keladigan moliyaviy vositalarni ishlab chiqish orqali g’arrarning oldini olishni yanada samarali amalga oshirishi mumkin.