GIPOFIZ BEZIDAN VAZOPRESSINNI ISHLAB CHIQARILISHINI BUZULISHI.

Authors

  • Shaismatova Gulbahor Xikmatova Author
  • Ahmadaliyeva Nargiza Jabborovna Author

Abstract

Dolzarbligi: Gipofiz bezi inson organizmida bir qator muhim gormonlarni ishlab chiqaradi, ular orasida vazopressin (antidiuretik gormon) ham mavjud. Vazopressin organizmda suv muvozanatini tartibga solishda muhim rol o'ynaydi, buyraklarda suvni qayta so‘rish jarayonini boshqaradi va suvsizlanishga qarshi kurashadi. Gipofiz bezining bu gormonni ishlab chiqarishdagi buzilishlar esa turli xil kasalliklar va patologik holatlar, jumladan, qandsiz diabet (Diabetes insipidus) kabi jiddiy kasalliklarni keltirib chiqaradi. Vazopressinning ishlab chiqarilishi yoki uning ta'sirining buzilishi gipotalamus yoki gipofiz bezi disfunktsiyasiga, shuningdek, markaziy va periferik tizimlardagi uzilishlarga olib kelishi mumkin.Ushbu mavzuning dolzarbligi shundaki, vazopressinning ishlab chiqarilishi va uning organizmdagi roli haqida yanada to‘liq tushuncha hosil qilish, gormon ishlab chiqarishidagi buzilishlarni aniqlash va davolash usullarini takomillashtirishga imkon beradi. Vazopressin yetishmovchiligi yoki ortiqcha ishlab chiqarilishi jiddiy salomatlik muammolarini keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun uning ta'sirini o‘rganish muhim ilmiy va klinik ahamiyatga ega.

Author Biographies

  • Shaismatova Gulbahor Xikmatova

    Angren Universiteti “Davolash ishi”fakulteti  “Umumdavolash ishi ”kafedrasi o‘qituvchisi

  • Ahmadaliyeva Nargiza Jabborovna

    Angren Universiteti “Davolash ishi”fakulteti  “Umumdavolash ishi”kafedrasi o‘qituvchisi.

Published

2025-04-19