ALOHIDA GEOFIZIK SHAROITLI JOYLARDAGI QURILISHLAR YER SILKINADIGAN RAYONLARDAGI QURILISHLAR
Keywords:
Kalit so`zlar. Zilzila, poydevor, focus, zakladka, choklar, deformatsiya, mexanik usul, qurilish axlati, episentrAbstract
Annotatsiya. Alohida geofizik sharoitli joylardagi qurilish deganda binolarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish chog‘ida ularning buzilishiga hamda sanitariyagigiyena holatlarining yomonlashishiga olib keluvchi qo‘shimcha ta’sirlarni hisobga oluvchi qurilishlar tushuniladi. Bunday qo‘shimcha ta’sirlarning asosiylaridan biri yer silkinish natijasida hosil bo‘luvchi zilzila ta’siri hisoblanadi. Zilzila deb vulqon otilishi yoki yerning chuqur qatlamlarida tog‘ jinslarining bir-biriga nisbatan surilishi natijasida kelib chiqadigan tektonik jarayonlar natijasida yer sirti qatlamining elastik silkinishiga aytiladi. Zilzila kuchi ballarda o‘lchanadi. Ko‘pchilik davlatlarda zilzila kuchi uchun 12 balli shkala qabul qilingan. (GOST 6249-52).