COMPETENTLI TA’LIM YONDASHUVINING SHAKLLANISH TARIXI VA RIVOJLANISH SHART SHAROITLARI
Abstract
Jahon siyosati, iqtisodi va ta’lim sohalari, ishlab chiqarish, kadrlar tayyorlash tizimida mamlakatlararo integratsiyalashuv yuz berayotgan bugungi kunda Oʻzbekistonda ta’lim tizimini modernizatsiyalash sharoitida pedagogik yoʻnalishdagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining kasbiy kompetentligini oshirish va kompetentyondashuvli ta’lim sharoitida faoliyat yuritishga tayyorlash, koʻnikmalar hosil qilish masalasi oʻz dolzarbligini saqlab kelmoqda. Ushbu yondashuvning imkoniyatlaridan keng koʻlamda foydalana olish va qoʻyilgan maqsadlarni roʻyobga chiqarish uchun yondashuvning kelib chiqish tarixi bilan tanishish, uning shakllanish bosqichlari va ta’lim tizimida yuzaga keltirgan oʻzgarishlarini ilmiy-nazariy asoslash muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon amaliyotida muayyan mutaxassislar kasbiy kompetentligini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlarda ta’lim boshqaruvi natijaviyligiga alohida e’tibor berilgan boʻlib, bunda asosiy urg‘u ta’lim sifati menejmentiga qaratilmoqda [1].