QORAQALPOG‘ISTONNING O‘RTACHA SHO‘RLANGAN TUPROQ-IQLIM SHAROITIDA Ғ3 DURAGAY OILALARIDA TOLA SIFAT KO‘RSATKICHLARINI VARIASION TAHLILI

Authors

  • Jolimbetova Rawiya Majit qizi Author
  • Aytjanov Baxitjan Uzaqbaevich. Author

Keywords:

Kalit so’zlar: Tolaning sifat ko‘rsatkichlari, tolaning ip yigiruvchanlik koefficienti SCI, mikroneyr Mic, tola uzunligi (dyuym), solishtirma nisbiy uzulish kuchi Str (g/tex) va tola birxilligi UI (%), o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoiti, yirik ko‘sakli, tola chiqimi.

Abstract

Annotatsiya: Dunyodagi paxtachilik sohasi rivojlangan AQSh, Meksika, Braziliya, Xitoy, va Afrika kabi davlatlarda g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil olish bo‘yicha sohada zamonaviy selekcion uslublarni qo‘llash orqali ko‘pgina yutuqlarga erishilmoqda. Ushbu xorijiy davlatlardan keltirilgan yangi texnologiyalar va g'o‘zaning yangi navlarini yaratishda qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan boshlang‘ich ashyolarni selekciya jarayonlariga jalb etish orqali paxta hosilini oshirish va tezpisharlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash muhim hisoblanadi hamda Respublikamizda g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda tola sifati va chiqimini oshirish va tezpisharlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash masalasi hanuzgacha dolzarb muammolardan bo‘lib kelmoqda. Shuning uchun ushbu maqolada o‘rganilgan namunalarda tolaning ip yigiruvchanlik koefficienti SCI, mikroneyr Mic, tola uzunligi (dyuym), solishtirma nisbiy uzulish kuchi Str (g/tex) va tola birxilligi UI (%) kabi ko‘rsatkichi sifat ko‘rsatkichi tahlil qilingan.

Published

2025-04-22