KICHIK BIZNESDA MIJOZLAR BILAN MUNOSABATLARNI BOSHQARISH STRATEGIYALARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI TAHLILI

Authors

  • Kambarov Jamoliddin Hikmatillayevich Author
  • Rasulov Xamidjon Yakubovich Author

Abstract

Annotatsiya. Ushbu tezisda kichik biznes subyektlarida mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (Customer Relationship Management – CRM) strategiyalarining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Kichik biznes uchun mijozlar bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish nafaqat daromadni oshirish, balki bozor raqobatbardoshligini ta’minlashda ham muhim omil hisoblanadi. Shu sababli maqolada CRM strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishda kichik korxonalar duch keladigan imkoniyatlar va muammolar yoritilgan. Tezisda amaliy tavsiyalar ham berilgan bo‘lib, ular kichik korxonalarga o‘z mijozlar bazasini kengaytirish, ularning ehtiyojlarini chuqurroq anglash va uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatishda yordam beradi.

Author Biographies

  • Kambarov Jamoliddin Hikmatillayevich

    Qo‘qon universiteti Akademik ishlar prorektori, i.f.d. DSc.

  • Rasulov Xamidjon Yakubovich

    Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi mudiri, katta o‘qituvchi

Published

2025-04-22