STOMATOLOGIYADA BEMORLARNI TEKSHIRISH USULLARI: ZAMONAVIY LABORATORIYA VA RENTGENOGRAFIYA USULLLARI
Keywords:
Kalit so‘zlari: Biopsiya, zondlash, sitologiya, Immunologik, bakteriologik, bioximiya, rentegenologik.Abstract
Annotatsiya: Stomatologiyada bemorlarni to‘g‘ri va samarali davolash
uchun diagnostika muhim ahamiyatga ega. Bemorlarni tekshirish usullari orasida
laboratoriya va rentgenografiya usullari keng qo‘llaniladi. Laboratoriya
tekshiruvlari og‘iz bo‘shlig‘idagi yallig‘lanish jarayonlarini,
mikroorganizmlarning mavjudligini aniqlash, shuningdek, umumiy organizm
holatini baholashda yordam beradi. Qon, siydik, so‘lak va boshqa biologik
namunalarning tahlili asosida stomatologik kasalliklarning rivojlanish sabablari
aniqlanadi. Rentgenologik usullar esa jag‘-yuz sohasidagi suyak tuzilmalarini, tish
ildizlarini, kista yoki granulomalarning mavjudligini aniqlashda muhim rol
o‘ynaydi.
References
1.Stomatologik kasalliklar N.A.Tashpulatova.
2. A.A. Kolesov – “Terapevtik stomatologiya asoslari”.
3. Xalilov I.X., Yo'Idoshxonova A.S., va boshq., Bolalar terapevtik
stomatologiyasi va stomatologik kasalliklar profilaktikasi. Toshkent, 2011.