ISAJON SULTONNING TARIXIY ROMANLARIDA POETIK STRUKTURA VA BADIIY TO‘QIMA UYG‘UNLIGI (Ijodkor dunyoqarashi hamda ijodiy tamoyillar tanlovi)
Keywords:
Kalit so‘zlar. Ko‘gman, xoqon, tamoyil, struktura, to‘qima, estetik, tafakkur, konseptsiya, bitik.Abstract
Annotatsiya. Maqolada yozuvchi Isajon Sultonning tarixiy romanlarida poetik struktura va
badiiy to‘qima uyg‘unligi tahlil etiladi. O‘zbek tarixiy-badiiy nasrida qadimgi turkiylar hayoti
qalamga olingan asarlar juda kam. “Bilga xoqon” romani qadim ajdodlarimiz obrazini yaratish
yo‘lidagi dadil qadamlardir. “Bilga xoqon” romani – turkiy xalqlarning oʻn uch asrdan narigi
davrdagi qaygʻulari ifodasi. Yozuvchi toshbitiklar orqali yetib kelgan ma’lumotlarni roman
matniga mohirlik bilan singdirib yuborgan, qadimgi turk davridagi manzarani, qahramonlarning
turkona tabiatini, hech narsadan tap tortmas botirligini saqlashga harakat qilgan. Asarda davr
xususiyatiga ko‘ra, arabcha va forscha so‘zlar qo‘llanilmagan, roman sof turkiy tilda yozilgan.
Roman turk uluslarining birlik, qahramonlik, to‘g‘rilik, fidokorlik kabi muqaddas an’analaridan
xabar beradi. Asarning birinchi bo‘limi “Kichik yish” deb nomlangan, roman “Ko‘gman tog‘i
etaklariga qish bola tashlagan, qor momoguldurak bilan yoqqan edi”, – deya boshlanadi.
References
1. Dilmurod Quronov. “Adabiyotshunoslikka kirish”. – Toshkent: “Noshir”. 2019.
2. Isajon Sulton. Bilga xoqon. Toshkent. “Factor books”. 2022.
3. Hamdamov U., Qosimov A. Jahon adabiyoti. Toshkent. “Barkamol fayz mediya”. 2017.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida19-yanvar kuni ma’naviy-
ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining
hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha nutqidan.