OʻTKIR HOSHIMOVNING OBRAZ YARATISH MAHORATI (“Nur borki, soya bor” asari misolida)
Keywords:
Kalit so‘zlar. Oʻtkir Hoshimov, obraz yaratish, “Nur borki, soya bor”, badiiy vositalar, qahramon, yozuvchi uslubi, adabiyotshunoslik.Abstract
Annotatsiya. Mazkur maqolada Oʻtkir Hoshimovning “Nur borki, soya bor” asari misolida
yozuvchining obraz yaratish mahorati tahlil qilingan. Asardagi qahramonlarning ichki dunyosi,
ularning xarakteri va badiiy obraz sifatida gavdalanish jarayoni turli badiiy vositalar orqali ochib
berilgan. Muallifning qahramonlarni realistik tasvirlash uslubi, ularning ruhiy kechinmalarini
chuqur ochib berishi, xalq tiliga yaqin uslubda yozishi hamda monolog va dialoglar orqali xarakter
yaratish mahorati atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada Sherzod va Sayfi Soqiyevich
obrazlari tahlil qilinib, ular orqali jamiyat muammolari, adolat va insofsizlik, insoniylik va
manfaatparastlik kabi qarama-qarshiliklar yoritilgan. Maqola Oʻtkir Hoshimov ijodining badiiy
jihatlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, adabiyotshunoslik nuqtayi nazaridan yozuvchining
uslubiy xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.
References
1. Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslik nazariyasi asoslari, Toshkent, Akademnashr, 2018, 480 b.
2. Oʻtkir Hoshimov. Nur borki, soya bor. Toshkent, 2017, 576 b.