IQTISODIY TAHLILDA RAQAMLI TЕXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH
Abstract
Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatini iqtisodiy tahlilini amalga
oshirishda raqamli texnologiyalar asosida ma’lumotlarni o‘rganish va tahlil
qilishga o‘tish dolzarb muammolardan biri sifatida kun tartibiga chiqarilganiga
ko’p vaqt bo’lgani yo’q. Bunda tahlilning axborot ta’minoti, iqtisodiy tahlilda
qo’llaniladigan raqamli texnologiyalar va uning komponentlari, raqamli
ma’lumotlarni saqlash, tahlil o‘tkazish uchun maxsus raqamli texnologiyalar,
biznes faoliyatning kuchli jihatlari va zaif tomonlarini aniqlash jarayonida
raqamli texnologiyalarni qo‘llash hal etilishi zarur bo’lgan muhim vazifalar
sirasiga kiradi. Raqamli texnologiyalarni iqtisodiy tahlilni o’tkazishda qo’llash
mazkur fanni o‘rganishda tegishli jihatlarni hisobga olishdan boshlab,
amaliyotda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tahlil
etishda ulardan nazariy, uslubiy, tashkiliy va amaliy asoslarga tayangan holda
keng foydalanishni o’z ichiga oladi.