“ISLOMIY MA’RIFAT VA JAMIYAT RIVOJIDAGI O‘RNI”
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: Islomiy ma’rifat, jamiyat rivoji, ma’naviy qadriyatlar, ilm-fan, axloqiy tarbiya, Qur’on, Hadis, fuqarolik jamiyati, islomiy falsafa, yoshlar tarbiyasi, barqarorlik, ta’lim tizimi.Аннотация
Annotatsiya: Ushbu maqolada islomiy ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, uning tarixiy, madaniy va ma’naviy asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Islom dini insonning ruhiy va axloqiy kamolotini ta’minlash barobarida, adolatli jamiyat qurish, ilm-fan va taraqqiyotga asoslangan ijtimoiy tizim shakllanishida muhim o‘rin egallaydi. Maqolada Qur’oni karim, Hadislar, islomiy falsafa va tarixiy manbalar asosida diniy-ma’rifiy qadriyatlarning inson hayotiga va ijtimoiy institutlar faoliyatiga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, bugungi globallashuv davrida islomiy ma’rifat asosida yoshlarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash va ma’naviy inqirozlarga qarshi turish yo‘llari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Islomiy ma’rifatning inson huquqlari, ta’lim, oilaviy qadriyatlar va fuqarolik jamiyati rivojidagi ahamiyati ochib berilgan.