“MUOMALA MADANIYATI VA ODOB-AXLOQ QOIDALARI”
Keywords:
Kalit so‘zlar: Muomala madaniyati, odob-axloq, ijtimoiy munosabatlar, axloqiy qadriyatlar, madaniy til, etik me’yorlar, milliy urf-odatlar, jamiyat, axloqiy tarbiya, shaxslararo aloqa., Keywords: communication culture, etiquette, moral behavior, ethics, interpersonal interaction, social responsibility, youth education, respect, value system., Ключевые слова: культура общения, этикет, нравственное поведение, этика, межличностные отношения, социальная ответственность, воспитание молодежи, уважение, система ценностей.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada muomala madaniyati va odob-axloq qoidalarining jamiyatdagi o‘rni, ularning insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Muallif muomala madaniyatining asosiy tamoyillari — hurmat, sabr, madaniy til ishlatish, tinglash va fikr almashish madaniyati kabi jihatlarni tahlil qiladi. Shuningdek, odob-axloq qoidalari insonning ichki va tashqi fazilatlari bilan bevosita bog‘liqligi, ularning oilaviy, mehnat jamoasidagi va jamoat joylaridagi muhim jihatlari ochib beriladi. Maqolada O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari, diniy va tarixiy merosidan o‘rin olgan axloqiy-me’yoriy qarashlar bilan zamonaviy jamiyatda amal qilinayotgan axloqiy qoidalar qiyosiy tahlil qilinadi. Ilmiy tahlillar va amaliy misollar asosida muomala madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar berilgan. Ushbu maqola pedagoglar, psixologlar, sotsiologlar, hamda ijtimoiy munosabatlar bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun foydali ilmiy manba bo‘la oladi.
Annotation: This article analyzes the essence, importance, and social role of communication culture and moral-ethical rules in the development of interpersonal relationships. Based on theoretical and empirical data, it examines how etiquette, respect, and moral norms influence social harmony and individual behavior. The research highlights current issues in maintaining ethical communication, particularly among youth, and suggests educational and cultural measures for improvement.
Аннотация: В статье анализируется сущность, значение и социальная роль культуры общения и норм нравственности в развитии межличностных отношений. На основе теоретических и эмпирических данных рассматривается влияние этикета, уважения и моральных норм на общественную гармонию и поведение личности. Исследование выявляет актуальные проблемы соблюдения правил общения, особенно среди молодежи, и предлагает образовательные и культурные меры для их решения.