O`ZBEKISTONDA SOVET DAVRIDA SOG`LIQNI SAQLASH TIZIMI, PROFILAKTIK TIBBIYOT VA OMMAVIY SOG`LOMLASHTIRISH SIYOSATI
Keywords:
Kalit so’zlar: Sog‘liqni saqlash merosi, strategiyasi, ijtimoiy tibbiyot yondashuvi, tibbiy-profilaktik chora-tadbirlar, tibbiyot modeli, tibbiy rejalashtirish, tibbiyot va ideologiya.Abstract
Annotatsiya: Sog‘liqni saqlash, tibbiyoti tarixi jahon madaniyati tarixining ajralmas qismidir. Har qanday davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri jamiyat hayotining muhim sohalari – sog‘liqni saqlash va tibbiyotni rivojlantirishdir. Bu muammoni tahlil qilish kompleks yondashuvni talab qiladi, chunki aholi salomatligini muhofaza qilish mehnat unumdorligining o‘sishiga, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy rivojlanishiga ta'sir qiluvchi asosiy omillardan biridir. O‘zbekistonda Sovet davrida tibbiyot fanining rivojlanishi bir qator ilmiy, tashkiliy va amaliy tadqiqotlarning samarasi sifatida shakllandi. Bu davrda tibbiyot sohasida tizimli islohotlar amalga oshirilib, tibbiy ta'lim, ilmiy tadqiqotlar va sog‘liqni saqlash tizimining asoslari mustahkamlandi.