BALAND QAVATLI BINOLAR KONSTRUKSIYALARI OLOVBARDOSHLIGINI OPTIMAL USULLARINI ISHLAB CHIQISH.
Keywords:
Kalit so‘zlar:Baland qavatli binolar, konstruksiya, olovbardoshlik, yong‘inga chidamli materiallar, optimal usullar, yong‘inga qarshi himoya, xavfsizlik, qurilish texnologiyalari.Abstract
Annotatsiya: Mazkur ilmiy ishda baland qavatli binolar konstruksiyalarining olovbardoshlik darajasini oshirishga qaratilgan optimal usullarni ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot davomida turli konstruktiv materiallarning yong‘inga chidamliligi tahlil qilinib, ularning issiqlikka bardoshlilik xususiyatlari solishtirildi. Shu bilan birga, zamonaviy yong‘inga qarshi himoya texnologiyalari va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari o‘rganildi. Taklif etilgan usullar yordamida konstruksiyalarning yong‘inga bardoshlik darajasini oshirish bilan birga, qurilish xarajatlarini kamaytirish imkoniyatlari ham ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalari yong‘inga chidamli, xavfsiz va iqtisodiy jihatdan maqbul binolarni loyihalashda qo‘llanilishi mumkin.