MATEMATIKA DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Authors

  • Abduraxmonova Yulduzxon Abdumutalovna Author

Abstract

Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini samarali o‘rgatish jarayonida didaktik o‘yinlardan foydalanish o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularning darsdagi faol ishtirokini rag‘batlantiradi hamda mustahkam nazariy va amaliy bilimlar shakllanishiga yordam beradi. Zamonaviy pedagogik jarayonda o‘yin texnologiyalari innovatsion yondashuv sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lib, ular o‘quvchilarda matematik tafakkur, mantiqiy fikrlash, tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Didaktik o‘yinlardan foydalanishning samaradorligi, avvalo, o‘qituvchining pedagogik mahorati, metodik yondashuvi va ijodkorlik darajasi bilan bevosita bog‘liq. Darslarni didaktik o‘yinlar orqali tashkil etish, ularni o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlariga moslashtirish, topshiriqlarni diferensiallashtirish, har bir o‘quvchining o‘ziga xos imkoniyatlarini hisobga olish imkonini beradi. Matematika darslarida qo‘llaniladigan “Matematik bozor”, “Klassik juftliklar”, “Juft-juft muloqot”, “Pazl” kabi o‘yin va metodlar o‘quvchilarda fanga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi, darsda faollik, raqobat, hamkorlik muhitini yaratadi. Xususan, “Matematik bozor” o‘yini orqali o‘quvchilar bir-birlariga savollar beradi, mantiqiy fikrlashni kuchaytiradi, moliyaviy savodxonlik unsurlarini ham o‘zlashtiradi. “Pazl” metodida esa mavzuga oid elementlarni izlash, joylashtirish orqali bilimlar tizimlashtiriladi va mustahkamlanadi. Rasmli topishmoqlar, matematik boshqotirmalar va ijodiy vazifalar orqali darsga joziba bag‘ishlanadi, o‘quvchilar o‘z bilimlarini nafaqat darsda, balki hayotiy vaziyatlarda ham qo‘llashga o‘rganadilar. Bunday yondashuv natijasida o‘quvchilarda fanga nisbatan barqaror qiziqish, mustaqil fikrlash va muammoni yechish kompetensiyalari shakllanadi. Ayniqsa, didaktik o‘yinlarning ko‘rgazmali vositalar, interfaol texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilgan holatlari o‘quvchilarning e’tiborini dars davomida saqlab qolish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, didaktik o‘yinlar orqali bilim berish nafaqat darsni oson va tushunarli qilish, balki o‘quvchilarda o‘z-o‘zini baholash, o‘z imkoniyatlariga ishonch hosil qilish, jamoa bilan ishlashga o‘rgatish kabi psixologik va ijtimoiy-emosional ko‘nikmalarni ham rivojlantiradi.

Author Biography

  • Abduraxmonova Yulduzxon Abdumutalovna

    Farg‘ona viloyati Oltiariq tuman MMTBga qarashli 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining matematika fani o‘qituvchisi

Published

2025-05-13

How to Cite

MATEMATIKA DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. (2025). Лучшие интеллектуальные исследования, 44(5), 229-235. https://scientific-jl.com/luch/article/view/13371