ANDIJON TARAQQIYPARVARLARI FAOLIYATI
Abstract
XX asr boshlaridayoq milliy ozodlik bayrog’ini baland ko’tarib, milliy kuchlar borligini taminlash borasida salmoqli faoliyat ko’rsata boshlagan Turkiston jadidlari jahon jamoatchiligi e’tiborini o’ziga jalb qiladi. 1906 yilning bahorida Fransiya Respublikasi bosh shtabi ikkinchi byurosi (xarbiy razvetka) topshirig’i bilan mayor Lyakost ikki yil davomida Turkistondagi ijtimoiy -siyosiy vaziyat bilan yaqindan tanishdi[1]. U o’zining kuzatishlarini xisobot tarzida “Комита де Асия Франсайс” nomli jurnalda chop etiladi. Maqola yevropada katta qiziqish uyg’otadi. Bu maqolada Turkiston general -gubernatorligi xududidagi ijtimoiy -siyosiy kuchlar va partiyalar faoliyatini sharxlab beradi. Bu maqola natijasida ko’lab yangi ma’lumotlarga ega bo’lishdi.
[1] Andijon tarixidan lavhalar Andijon nashriyoti-matbaa OAJ 2008 yil 70-71bet