ISLOM BANKINING MAHSULOTLARINI JORIY QILISH ORQALI BANK MAHSULOTLARINI KENGAYTIRISH IMKONIYATLARI
Ключевые слова:
Kalit so‘zlar: Islom banki, foizsiz moliya, adolatli risk taqsimoti, halol moliyalashtirish, iqtisodiy barqarorlik, kichik va o‘rta biznes, shariyat, moliya sektori, huquqiy masalalar, kadrlar tayyorlash, bozor sharoitlari, xabardorlik., Keywords: Islamic banking, non-interest finance, equitable risk distribution, halal financing, economic stability, small and medium enterprises, Shariah, financial sector, legal issues, personnel training, market conditions, awareness.Аннотация
Annotatsiya. Mazkur maqola Islom banki mahsulotlarini joriy qilish orqali bank mahsulotlarini kengaytirish imkoniyatlari, Islom bankining asosiy tamoyillari va uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga qo‘shgan hissasi haqida batafsil maʼlumot beradi. Islom banki, foizsiz moliya tizimi, adolatli risk taqsimoti va halol investitsiyalarni asos qilib olgan holda, mamlakatlarda iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash va kichik hamda o‘rta biznesni rivojlantirishda katta rol o‘ynaydi. Maqolada shuningdek, Islom banki mahsulotlarining mahalliy bozor sharoitiga moslashuvi, kadrlar tayyorlash, huquqiy va tartibga soluvchi masalalar hamda aholi va tadbirkorlik subyektlarining xabardorlik darajasini oshirish kabi muammolar ko‘rib chiqiladi. Islom banki tizimi o‘zining ijtimoiy masʼuliyatini amalga oshirish orqali aholiga ishonchni oshiradi va yangi moliyaviy imkoniyatlarni yaratadi.
Abstract. This article provides detailed information on the possibilities of expanding banking products through the introduction of Islamic banking products, the fundamental principles of Islamic banking, and its contribution to economic and social development. Islamic banking, based on a non-interest financial system, equitable risk distribution, and halal investments, plays a significant role in ensuring economic stability and promoting the growth of small and medium-sized businesses in various countries. The article also addresses challenges such as adapting Islamic banking products to local market conditions, training personnel, legal and regulatory issues, and increasing awareness among the population and business entities. Through its social responsibility, the Islamic banking system builds trust among the population and creates new financial opportunities.