JАHON INQIROZINING TURIZM INDUSTRIYАSI RIVOJLАNISHIGА TА’SIRI TENDENSIYАLАRINI АNIQLАSH

Authors

  • Aktamov Uchkun Uyg'un ug'li Author

Abstract

So‘nggi yillarda butun dunyoda yuzaga kelgan global inqirozlar, xususan COVID-19 pandemiyasi, insoniyat hayotining barcha jabhalariga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Iqtisodiy, ijtimoiy, tibbiy va transport sohalari bilan bir qatorda, eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalardan biri bu — turizm industriyasi bo‘ldi. Turizm sohasi xalqaro harakatlanish, insonlararo aloqalar, madaniy almashinuv va global iqtisodiy tizim bilan chambarchas bog‘langan tarmoq bo‘lib, istalgan darajadagi inqirozga nisbatan sezgir hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi ham bu global inqirozlardan mustasno emas. Ushbu maqolada jahon inqirozlarining, ayniqsa pandemiyaning O‘zbekistondagi turizm sohasi rivojiga ko‘rsatgan ta’siri, davlat tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar, sohadagi yangi tendensiyalar va istiqbollar tahlil qilinadi.

Author Biography

  • Aktamov Uchkun Uyg'un ug'li

    O`zbekiston Respublikasi

    Bank-moliya akademiyasi 2-kurs tinglovchisi

Published

2025-05-16

How to Cite

JАHON INQIROZINING TURIZM INDUSTRIYАSI RIVOJLАNISHIGА TА’SIRI TENDENSIYАLАRINI АNIQLАSH. (2025). Лучшие интеллектуальные исследования, 45(1), 184-192. https://scientific-jl.com/luch/article/view/13952